Turkmaniston Rossiyaning O‘zbekiston va Qozog‘iston bilan “gaz ittifoqi” bo‘yicha bayonotlardan xavotirda. Ularda ittifoq kengayishi mumkinligi aytilgan, ammo kimlar hisobiga ekani tushunarsiz, Turkmaniston quvurlari orqali esa boshqa davlat gazi tranziti rejalashtirilmagan, dedi “Turkmangaz” rasmiysi.
Energetika vazirligi 95 kilometr uzunlikdagi yangi «Yangiyer-Ohangaron» magistral gaz quvuri qurilayotganini ma’lum qildi. Ta’kidlanishicha, gaz quvuri vodiy viloyatlarining gaz ta’minotini yaxshilashga xizmat qiladi.
«Bir yoshi katta onaxon kelib aytayapti: yaqinroq kelib meni hidlang, men va boshqa ayollardan go‘ngning hidi kelayapti, biz tezak yoqayapmiz», — dedi senator Qutbiddin Burxonov. U gaz korxonalarini tanqid qilib, hududlarda gaz tanqisligi natijasida yuzaga kelgan vaziyatga e’tibor qaratdi. Parlamentning yana bir a’zosi nima sababdan 25−30 yil davomida gaz quvurlari almashtirilmaganligi to‘g‘risida savol qo‘ydi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting